QASHQADARYO VILOYATI «AGROKIMYOHIMOYA» HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATI
Close
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Jayxun ko'cha 43-uy
+998(78) 771-06-66 qashqadaryo@uzakh.uz
O‘zbekistonda Xitoyning agrar sohadagi tajribasi o‘rganiladi.

Pekinda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi raisi A.Xaitov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari S.Xodjaev va boshqa vakillar ishtirokidagi delegatsiya Xitoy qishloq xo‘jaligi vakillari bilan keng qamrovli uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Agrar tarmoqdagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan uchrashuvda o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun har ikki tomonda ham katta imkoniyatlar mavjudligi alohida qayd etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Shandun, Gansu provintsiyalarida tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etdi. “San Yuan Zhu” korporatsiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, xitoylik mutaxassislar yurtimizga tajriba almashishga taklif etildi.
Qayd etish joizki, keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ko‘plab sohalarda aloqalar yanada faollashmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida ham bu hamkorlik yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Chunki, aynan agrar sohada o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, har ikki mamlakat manfaatlariga baravar xizmat qiladi.