QASHQADARYO VILOYATI «AGROKIMYOHIMOYA» HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATI
Close
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Jayxun ko'cha 43-uy
+998(78) 771-06-66 qashqadaryo@uzakh.uz
O‘zbekiston-ShHT: Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yangi kelishuvlarga erishiladi.

Joriy yilning 19 iyul kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, 2019 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi dastur imzolanishi rejalashtirilgan.

Suhbat davomida tomonlar o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihalar, tashkilot hukumat rahbarlari o‘rtasida o‘tkaziladigan yig‘ilishga tayyorgarlik jarayonlari muhokama etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 yanvardagi «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni sifat jihatdan yuqori pog‘onaga olib chiqmoqda.

Tashkilot tomonidan Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar Qishloq xo‘jaligi vazirlarining to‘rtinchi yig‘ilishida Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ShHT hamkorlik dasturi loyihasi ma’qullanib, 2018 yilning 11-12 oktyabrь kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashi doirasida imzolangan.

Suhbat davomida O‘zbekiston va ShHT o‘rtasida choravachilik, asalarichilik, veterenariya, urug‘chilik va naslchilik, melioratsiya kabi yo‘nalishlaridagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.