QASHQADARYO VILOYATI «AGROKIMYOHIMOYA» HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATI
Close
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Jayxun ko'cha 43-uy
+998(78) 771-06-66 qashqadaryo@uzakh.uz

“O’zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv to‘g‘risidagi
N I Z O M I

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom “O’zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining (bundan buyon matnda Jamiyat deb yuritiladi) Boshqaruvining maqomini belgilaydi va uning ishini, a’zolarini tayinlash tartibini, shuningdek huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. 
1.2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6-maydagi 370-son “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Korporativ boshqaruv kodeksi” (bundan buyon matnda Kodeks deb yuritiladi) hamda Jamiyat Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.3. Jamiyat Boshqaruvi o‘z ishini qonunchilik, mazkur Ustav va yagona ta’sischisi yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Boshqaruvi to‘g‘risida”gi nizom asosida amalga oshiradi.

2. Jamiyatining Boshqaruvini tuzish tartibi

2.1. Boshqaruvining son tarkibi jamiyat Ustavida belgilab qo‘yilgan. 
2.2. Jamiyatining Boshqaruv Raisi Umumiy yig‘ilishi qarori asosida saylanadi (tayinlanadi), bunda Boshqaruv Raisi tanlov bo‘yicha saralash asosida amalga oshiriladi. Tanlovda xorijiy menedjerlar ham ishtirok etishi mumkin. Boshqaruv a’zolarining tarkibi Kuzatuv kengashi qarori asosida saylanadi (tayinlanadi);.
2.3. Boshqaruv a’zoligiga nomzodlar saylanganda (tayinlanganda) qaror oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
2.4. Jamiyat Boshqaruv a’zoligiga nomzodlarni saylash (tayinlash) Kuzatuv kengashi tomonidan shaxsiy tartibda amalga oshiriladi. Boshqaruv a’zoligiga nomzod Jamiyatga o‘zi jinoiy javobgarlikka tortilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lum qilishi shart. 
Boshqaruv tarkibiga u yoki bu nomzodni tavsiya etar ekan Kuzatuv kengash Raisi shartnoma tuzish shartlari, boshqaruv faoliyati uchun mukofotlash miqdori va nomzodning shaxsiy arizasi bilan tasdiqlangan shartnoma tuzishga nomzodning roziligi to‘g‘risida axborot beradi.
2.5. Jamiyat Boshqaruv a’zoligiga nomzodlar o‘zlarining nomzodlari ko‘rib chiqilayotganda Kuzatuv kengashi majlisida qatnashishlari mumkin.
2.6. Boshqaruv tarkibiga taklif qilingan nomzodlar Kuzatuv kengashi tomonidan saylangandan (tayinlangandan) keyin Boshqaruv Raisi va har bir a’zosi bilan tegishli lavozim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan shartnoma bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanadi, va shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi to‘g‘risida har yili qaror qabul qilinadi. 
2.7. Jamiyat Boshqaruvining Raisi bilan tuziladigan shartnomada uning Jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda Jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi va Jamiyat Kuzatuv kengashi oldida beradigan hisobotlarining davriyligi nazarda tutilishi kerak. Jamiyatning Boshqaruv a’zolariga to‘lanadigan haq miqdori Jamiyat faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi va shartnomada belgilangan bo‘lishi kerak. Jamiyat Kuzatuv kengashi Jamiyatning Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan shartnomani, agar ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, Jamiyat Ustavini qo‘pol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli Jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega. Jamiyat Kuzatuv kengashi Jamiyat Boshqaruvining a’zolari bilan tuzilgan shartnomani, agar ular mazkur Ustavni qo‘pol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli Jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega. Kuzatuv kengashi Jamiyatning Boshqaruv Raisi bilan tuzilgan shartnomani u tomonidan qo‘pol buzilishlarga yo‘l qo‘yilganda yoki Jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi barbod qilinganda muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga egadir.

3. Jamiyat Boshqaruvining vakolatlari va tarkibi

3.1. Jamiyat Boshqaruvning vakolatiga Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, yagona ta’sischisi yig‘ilishining yoki Jamiyat Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
3.2. Jamiyat Boshqaruvning vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
yagona ta’sischisi yig‘ilishining va Jamiyat Kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
jamiyatning yagona ta’sischisi yig‘ilishining yoki Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan ichki me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash; 
jamiyatning uzoq muddatli istiqbolga oid rivojlanish strategiyasi va vazifalarni belgilash uchun besh yildan oshiq davr uchun uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kuzatuv kengashi va yagona ta’sischisi yig‘ilishiga chiqarish;
jamiyatning biznes-rejasini ishlab chiqadi;
jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xisobotini muntazam ravishda kuzatuv kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash;
jamiyatning strategik maqsadi sifatida aksiyalar narxining o‘sishiga olib keluvchi moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mehnat unumdorligi va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish, energiya samaradorligi va eksport ko‘rsatkichlarining o‘sishi, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirishni belgilash;
jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yig‘ilishlarida o‘zining vakillarini jamiyat nomidan ovoz berish tartibini belgilash;
mansabdor shaxslarning malakasini o‘quv kurslari, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish orqali oshirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish narxlarini tasdiqlash;
ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar, ishlab chiqarish uskunalari, avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish hamda begonalashtirish bo‘yicha bitimlarni tuzish;
jamiyat foydasini taqsimlash to‘g‘risidagi tavsiyani tayyorlash uchun Kuzatuv kengashiga taklifni kiritish; 
Boshqaruv Raisi tomonidan kiritilgan masalalarni hal etish;
Qonunchilik, Korporativ boshqaruv kodeksi va mazkur Ustavga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
3.3. Boshqaruvning son tarkibi boshqaruv vazifalari bir xodim tomonidan imkoni boricha ko‘p bajarilishi, boshqaruv apparatini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda bir-birini takrorlovchi bo‘g‘inlarning tugatilishi va u bilan bog‘liq boshqaruv xarajatlarining qisqarishi prinsiplaridan kelib chiqib belgilanadi.
3.4. Boshqaruv tarkibiga Rais hamda Jamiyatning asosiy tuzilmaviy xizmatlari, bo‘linmalari va shaxobchaning rahbarlari kiradi.
3.5. Jamiyatning Boshqaruv Raisi va a’zolarini moddiy rag‘batlantirish Jamiyat faoliyati samaradorligi ko‘rsatgichlariga qarab amalga oshiriladi.
3.6. Jamiyat Boshqaruv Raisi mazkur Nizomga muvofiq Jamiyati faoliyatidagi o‘zgarishlar va boshqa holatlar munosabati bilan Jamiyatining Boshqaruv tarkibiga qo‘shimcha nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.


4. Jamiyat  Boshqaruv Raisi

4.1. Jamiyatning Boshqaruvi majlislarini o‘tkazishni Boshqaruv Raisi tashkil etadi, u Jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda Jamiyat boshqaruvi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, Jamiyatning Boshqaruvi o‘z vakolat doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi.
4.2. Jamiyat Boshqaruvi Raisi quyidagi vakolatlarga ega:
o‘z vakolatlari doirasida Jamiyatning samarali va barqaror ishini ta’minlagan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish;
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalash;
jamiyat nomidan xujjatlarni imzolash;
jamiyat nomidan bitimlar, shartnomalar, kontraklar tuzish tuzish;
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlash;
shtatlarni tasdiqlash xamda unga tegishli o‘zgartishlar kiritish, Jamiyat xodimlarini ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash, xodimlar tomonidan mehnat va ijro intizomini saqlab turishini ta’minlash;
jamiyat nomidan xarakat qilish uchun ishonchnomalar berish;
banklarda hisob-kitob va boshqa raqamlar ochish;
jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish;
muovinlar orasida majburiyatlarni taqsimlash va xodimlar ish majburiyatlari bo‘yicha qo‘llanmalarni tasdiqlash;
jamiyat biznes xatarlari va ijroiya organlari javobgarligini sug‘urtalash;
aksiyadorlar, boshqaruv va nazorat organlari a’zolari o‘rtasida o‘zaro ishonch, xurmat, hisobdorlik va nazorat tamoyillari asosidagi xamkorlikni ta’minlash;
Jamiyatning yagona ta’sischisi yig‘ilishining, Kuzatuv kengashining yoki Boshqaruv vakolatlariga kiritilmagan ichki me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash; 
Jamiyat kundalik faoliyatini amalga oshirish va yagona ta’sischisi yig‘ilishining, Kuzatuv kengashining yoki Boshqaruv vakolatlariga kiritilmagan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
4.3. Boshqaruv Raisi quyidagilarga majbur:
aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashi qarorlari bajarilishini ta’minlash; 
Jamiyatni malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan samarali ravishda foydalanish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
Jamiyat xodimlarining ijtimoiy kafolatlariga rioya qilinishi va mehnati muhofaza qilinishini ta’minlash;
Jamiyat va uning xodimlari tomonidan Jamiyat faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
Jamiyat mansabdor shaxslarining malakasini o‘quv kurslari, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish orqali oshirish;
Jamiyatda buxgalteriya hisobi va hisobotining tegishli holati va haqqoniyligi tashkil qilinishini ta’minlash, shu jumladan, e’lon qilish maqsadida Moliyaviy xisobotlar xalqaro standartlariga transformatsiyasini, va qonun xujjatlarida belgilangan muddatlarda e’lon qilish;
bir yilda bir marta aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishida yillik xisobotni, rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi xisobotlarni taqdim etish;
har chorakda Kuzatuv kengashi oldida Jamiyatning yillik biznes-rejasi bajarilishining holati va jamiyatning rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot berish;
tegishli organlar, aksiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot vositalarida Jamiyatning har yilgi moliyaviy va boshqa hisoboti, faoliyati to‘g‘risidagi axborot va ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishi va chop etilishini nazorat qilish;
aksiyadorlarga qonunchilik bilan beriladigan huquqlarini himoya qilishini ta’minlash;
ma’muriy xarajatlar hisobi va boshqalar bilan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida mol-mulkni sotib olish va xarajatlarni amalga oshirish;
shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning ijrosini ta’minlash;
qonunchilik va JamiyatUstavi muvofiq boshqa majburiyatlar. 
4.4. Boshqaruv Raisining aniq huquqlari va majburiyatlari shartnomada u bilan oldindan kelishib olinadi. 

5. Jamiyat Boshqaruvining majlislari

5.1. Jamiyati Boshqaruvining majlisi zarur hollarda o‘tkaziladi, biroq bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Boshqaruv tomonidan Kuzatuv kengash yoki yagona ta’sischisi yig‘ilishi hal qilishi uchun kiritiladigan masalalar majburiy tartibda Jamiyatning Boshqaruvi majlisida oldindan muhokama etiladi. Jamiyati Boshqaruvning fikri haqida Kuzatuv kengashida va yagona ta’sischisi yig‘ilishida Boshqaruv Raisi yoki u tomonidan vakolat berilgan Boshqaruv a’zosi axborot beradi va himoya qiladi. 
5.2. Jamiyat Boshqaruvining majlisini Boshqaruv Raisi yoxud ko‘rib chiqilayotgan masalalar tegishliligi bo‘yicha uning o‘rinbosarlaridan biri olib boradi. 
5.3. Jamiyat Boshqaruv majlislari uning Raisi tomonidan Boshqaruvining boshqa a’zolariga habar berish yuli bilan chaqiriladi.
5.4. Jamiyatning Boshqaruvi majlisi kvorumi mavjud bo‘lgan taqdirda Jamiyat Boshqaruvi vakolatli bo‘ladi. Boshqaruv majlisini o‘tkazish uchun kvorum Boshqaruv a’zoligiga saylangan a’zolarning kamida oltmish foizi ishtirok etganida kvorum hisoblanadi.
5.5. Boshqaruvining majlisida qarorlar agar qonun xujjatlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
5.6. Jamiyat Boshqaruvi majlisida masalalar hal etilayotganda Boshqaruvning har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi. Boshqaruvning bir a’zosi o‘z ovozini Boshqaruvning boshqa a’zosiga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshqaruv a’zolarining ovozlari teng bo‘lingan hollarda Boshqaruvning qarorini qabul qilishda Jamiyat Boshqaruvi Raisining ovozi xal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
5.7. Jamiyat Boshqaruvining majlisida bayonnoma yuritiladi. Boshqaruv majlisining bayonnomasi majlis o‘tkazilganidan so‘ng uch kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
majlis o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;
majlisda hozir bo‘lgan shaxslar;
majlisning kun tartibi;
ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlari;
qabul qilingan qarorlar.
5.8. Boshqaruv majlisining bayonnomasi Boshqaruv Raisi tomonidan imzolanadi, u majlis bayonnomasi to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgar bo‘ladi. Jamiyat Boshqaruvi majlisining bayonnomasidan ko‘chirmani Jamiyat Boshqaruv Raisi imzolanadi, u majlis bayonnomasi ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.

6. Jamiyat Boshqaruv a’zolarining huquq va majburiyatlari

6.1. Boshqaruv a’zolari lavozim yo‘riqnomasi tomonidan belgilab berilgan vakolatlar, ular bilan tuzilgan mehnat kontrakti shartlari, yagona ta’sischisi yig‘ilishi, Kuzatuv kengashining, Boshqaruv qarorlari va Boshqaruv Raisining ko‘rsatmalari doirasida ish tutadi.
6.2. Boshqaruv a’zolarining (shu jumladan Boshqaruv Raisinining) aniq huquqlari va majburiyatlari ular bilan tuzilgan kontraktlarda qonunchilik, Korporativ boshqaruv Kodeksi, jamiyat Ustavi va mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi. 
6.3. Boshqaruv a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash Boshqaruv Raisi tomonidan Boshqaruvning har bir a’zosi uchun aniq amalga oshiriladi. Boshqaruvning har bir a’zosi uchun taqdirlash puli miqdori faoliyat samaradorligiga qarab aksiyadorlar Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
6.4. Boshqaruv a’zolari o‘zlarining majburiyatlarini halol, shuningdek Jamiyati manfaatlari yo‘lida ular eng yaxshi deb hisoblaydigan usul bilan amalga oshirish.
6.5. Aksiyadorlar vakili sifatida ishtirok etuvchi boshqaruv vakillari boshqaruvga a’zolar saylash masalasida ovoz berish huquqiga ega emas.
6.6. Boshqaruv a’zolari Boshqaruv tomonidan u yoki bu qarorlarni qabul qilishga ta’sir ko‘rsatganlik uchun bevosita yoki bilvosita haq olish huquqiga ega emas.
6.7. Boshqaruv a’zolari Jamiyati imkoniyatlari (mulkiy va nomulkiy huquqlar, xo‘jalik faoliyati sohasidagi imkoniyatlar, Jamiyatining faoliyati va rejalari to‘g‘risidagi axborot)dan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish huquqiga ega emas.

7. Jamiyat  Boshqaruv a’zolarining javobgarligi

7.1. Jamiyat Boshqaruvi a’zolari o‘z huquqlarini amalga oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda Jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi lozim. 
7.2. Agar bir nechta shaxs javobgar bo‘lsa, ularning Jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo‘ladi.
7.3. Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan Jamiyat boshqaruv a’zolari javobgar bo‘lmaydi.
7.4. Aksiyador Jamiyatga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan Jamiyatning Boshqaruv a’zosi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.