QASHQADARYO VILOYATI «AGROKIMYOHIMOYA» HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATI
Close
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Jayxun ko'cha 43-uy
+998(78) 771-06-66 qashqadaryo@uzakh.uz

G‘O‘ZA ZARARKUNANDALARI, KASALLIKLARI VA BEGONA O‘TLAR

Bashorat ma’lumotlarini tayyorlash asoslari

Qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarini rivojlanishi va tarqalishi bo‘yicha kuzatuv – nazorat o‘tkazish ularni sonini, zararlash va zarar etkazish darajasini hisobga olish ishlari, bu ishlar asosida bashoratnomalarni tayyorlash quyidagi adabiyotlar, tavsiyalar va ko‘rsatmalar asosida olib boriladi :

Metodicheskie ukazaniya po vyavleniyu i uchetu chislennosti entomofagov vrediteley selskoxozyaystvennx kultur Moskva “Kolos” – 1976g.
Ekologiya xlopkovoy sovki i sroki borb s ney. Tashkent-1968g.
Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar. Davlat kimyo komissiyasi II- nashr, Toshkent -2004 y.
Fenologiya nasekomx. Moskva-1969 g.
Vrednaya cherepashka. Moskva «Agropromizdat»-1992 g.
Ekinlar zararli organizmlarni rivojlanishi va tarqalishining bashorati. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti -2007y.
M.Babaxanova, R.O.Ochilov, A.U.Sagdullaev va boshqalar. “Qishloq xo‘jalik ekinlarida asosiy zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning rivojlanishi va tarqalishini bashorat qilish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma” . Toshkent -2010y.
V.V. Yaxontov, “ O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi zararkunandalari”, O‘rta va oliy maktab Toshkent- 1962 y.
Sh.T.Xo‘jaev “Entomologiya, qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari”, Fan-2010y.
O‘zR VM Davlat kimyokomissiyasi “G‘alla va sholini zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish”, Toshkent-1999 y.
O‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” AJlari tomonidan tayyorlanadigan O‘zbekiston Respublikasi hududida qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarning rivojlanishi hamda tarqalishi to‘g‘risida uzoq muddatli (yillik) va qisqa muddatli (oylik) bashoratnomalar.
KIRISh

Qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarni rivojlanishi va tarqalishi bo‘yicha uzoq muddatli va qisqa muddatli bashorat ma’lumotlari joylardan (zararli organizmlarni fermer xujaliklardagi doimiy kuzatuvlar o‘tkaziladigan ekin maydonlarida, tumanlar hududidagi ekinzorlarda va viloyatlar bo‘yicha tarqalish maydonlari xisobga olingan xolda) olingan ma’lumotlar, zararkunandalarni qishlovga ketish va qishlovdan chiqishi, o‘tgan yildagi va joriy yildagi ob-havo sharoitlari, zararli organizmlarni hududlarda tarqalishi bo‘yicha ko‘p yillik ma’lumotlar va boshqa bir qator omillar hisobga olgan holda tayyorlanadi.

Yillik, mavsumiy va oylik ob-havo sharoitlari g‘alla ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarni rivojlanishi va tarqalishiga ta’sir qiladigan eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

2017 yil ob-havo sharoitlari mavsumda qishloq xo‘jalik ekinlarining bir qator asosiy zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarni ko‘payishi va tarqalishi uchun qulay bo‘ldi. Shu sababli, joylardagi fitosanitariya holati o‘tgan yillarga nisbatan bir muncha murakkab bo‘ldi, doimiy ravishda kuzatuv nazorat ishlari o‘tkazilib, bu ma’lumotlar asosida kurash choralari ko‘rildi.

2018 yil mavsumida zararli organizmlarni rivojlanishi va tarqalishi ko‘p jihatdan qishlovga ketishi, qishlovdan chiqishiga va bahor — yoz oylarining ob-havo sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.

G‘O‘ZA ZARARKUNANDALARI

G‘o‘za zararkunandalar va kasalliklar bilan sezilarli va ba’zilari bilan esa kuchli darajada zararlanadigan o‘simliklar qatoriga kiradi. O‘zbekiston hududida g‘o‘za biotsenozida 200 dan ortiq zararkunandalar uchraydi. Katta maydonlarga tarqalib jiddiy zarar etkazadigan asosiy zararkunandalar o‘rgimchakkana, beda, poliz yoki g‘o‘za biti (shiralar), tamaki tripsi, so‘qir qandalalar (dala, shuvoq, beda va g‘o‘za qandalalari), tunlamlar (kuzgi tunlam yoki ildiz qurti, g‘o‘za tunlami yoki ko‘sak qurti, kichik er tunlami va boshqalar), karadrina, issiqhona va g‘o‘za oqqanoti hisoblanadi. Umuman olganda 10-15 turdagi zararkunandalar g‘o‘zaga jiddiy zarar etkazadi va 50 tur atrofidagi zararkunandalar (chigirtkalar, dasht va bordo chirildog‘i yoki qora chigirtkalar, buzoqboshilar, g‘o‘za saratoni, tsikadkalar, qora tanli va keskir qo‘ng‘izlar, simqurtlar, changxo‘rlar, g‘o‘zapoya kuyasi, cho‘l xaltachasi, makkajo‘xori kapalagi, undov, yovvoyi ipsilon, qora elkali, tasmali katta, gamma, yo‘ng‘ichka va mingdevona tunlamlari, maysa pashshasi) ayrim yillarda qulay sharoit paydo bo‘lganda ahyon-ahyonda sezilarli darajada zarar etkazishi mumkin.

Respublika sharoitida bu asosiy zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida kurash choralari o‘tkazilmagan holatlarda hosilning 25-30 % va undan ham ko‘proq foizi yo‘qotilishi mumkin.

Kuzgi tunlam yoki ildiz qurti. Respublikada keng tarqalgan bo‘lib, uning qurtlari 34 ta oilaga mansub bo‘lgan yuzlab tur o‘simliklarga zarar etkazadi. Qurtlari 5 ta yoshni boshdan kechiradi. 5 yoshlik qurtlik fazasida tuproqning 5-15 sm chuqurlikda qishlaydi. Kapalaklari o‘rtacha 500-600 tagacha tuxum qo‘yadi. O‘zbekiston sharoitida 3 marta avlod beradi. Birinchi avlod qurtlari g‘o‘zaga jiddiy zarar etkazadi.

Kuzgi tunlam kuz oylarida havo harorati 250S dan pasayganda katta yoshdagi qurtlar sabzavot va poliz, kartoshka, makkajo‘xori, g‘o‘za va boshqa ekinlar maydonlarida, uvatlar va ariqlar chetlarida qishlovga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi, o‘rtacha 4000S foydali harorat yig‘indisi olib va tuproqning 5-15 sm chuqurligida qishlovga ketadi.

Erta bahorda tuproqdagi o‘rtacha harorat 100S bo‘lganda yuqoriga ko‘tarilib, g‘umbakka aylanadi va foydali haroratlar yig‘indisi 500S ga etganda (o‘rtacha havo harorati 120S) kapalaklar uchib chiqa boshlaydi. Kapalaklar o‘simliklarning gullarini nektari bilan oziqlanib, sharoitga bog‘liq holda 20-40 kun yashaydi. Hayoti davomida kapalaklar o‘rtacha 750-1000 ta atrofida, ayrimlari 2000 tagacha tuxum qo‘yadi, tuxumlarini o‘simliklarning ildiz bo‘g‘ziga yoki tuproq yuzasiga yakka-yakka yoki to‘da-to‘da qilib qo‘yadi.

Bir avlod (tuhum, qurt, g‘umbak, kapalak)ning rivojlanishi uchun o‘rtacha 100S dan yuqori bo‘lgan foydali haroratlar yig‘indisi 5500S bo‘lishi kerak bo‘ladi.

2018 yil mavsumida joylardan olingan ma’lumotlarga asosan mart oyining oxiridan boshlab qishlab chiqqan kuzgi tunlam qurtlarining g‘umbakka aylanishi kuzatildi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlarida kuzgi tunlamning yoppasiga rivojlanishi (kapalaklarni uchishi, tuxum qo‘yishi, qurtlarning chikishi) aprelь oyning 2-3-o‘n kunligida kuzatildi. Surxondaryo viloyatida oyning oxiridan boshlab g‘o‘za nihollariga zarar keltirishi kuzatildi. Farg‘ona vodiysi, Jizzax, Samarkand, Toshkent, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy hududlarida kuzgi tunlam kapalaklarining uchishi aprel oyining oxiridan kuzatilib, begona o‘tlarni va erta ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararlashi kuzatildi. Bu zararkunandalarni ko‘payishi va tarqalishi oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarga katta e’tibor berildi.

Bashorat ma’lumotlariga asosan 2019 yilda Andijon viloyatining Baliqchi, Izboskan, Ulug‘nor, Qo‘rg‘ontepa, Shaxrixon, Paxtaobod, Marxamat, Qashqadaryo viloyatining Koson, Qarshi, Kasbi, G‘uzor, Mirishkor, Nishon, Namangan viloyatining Mingbuloq, Pop, Norin, Namangan, Uchqo‘rg‘on, Kosonsoy, Chust, Surxondaryo viloyatining Denov, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Shurchi, Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrobod, Uzun, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Boyovut, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Guliston, Mirzaobod, Farg‘ona viloyatining Beshariq, Qo‘shtepa, Dang‘ara, Oltiariq, Quva, Farg‘ona, Furqat, Bog‘dod, Kuva, Buvayda, Yozyovon, Buxoro viloyatining Qorovulbozor, Jondor, Romitan, G‘ijduvon, Buxoro, Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Qiziltepa, Karmana, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Payariq, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Oqdaryo, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Zarbdor, Mirzacho‘l, Paxtakor, Arnasoy, Sh.Rashidov, Zafarobod va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy, Turtko‘l, Kegeyli tumanlarida bu zararkunandaning zarari boshqa tumanlarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.

2019 yil mavsumida kuzgi tunlam deyarli barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida tarqalishi mumkin, joylardan olingan ma’lumotlar tahlil qilinganda, respublika bo‘yicha iqtisodiy zarar etkazish mezonidan yuqori sonda 128,74 ming gektar g‘o‘za maydonlarida tarqalishi kutilmoqda.

Shira va trips. 2018 yil mavsumida bu zararkunandalarni mart-aprel oylaridan boshlab dala chetlaridagi begona o‘tlarda, boshoqli g‘alla, sabzavot va poliz, makkajo‘xori ekinlarida may oyining 1-o‘n kunligidan boshlab esa g‘o‘za hamda boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarida rivojlanishi va tarqalishi kuzatildi. O‘tgan yil mavsumida so‘ruvchi zararkunandalarni g‘o‘za maydonlarida sezilarli darajada tarqalganligi kuzatildi. Shu jumladan, Andijon viloyatining Izboskan, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Baliqchi, Marxamat, Bo‘z, Paxtaobod, Shaxrixon, Andijon, Buloqboshi, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Mirzacho‘l, Paxtakor, Zarbdor, Arnasoy, Zafarobod, Sh.Rashidov, Qashqadaryo viloyatining Angor, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Mirishkor, Guzor, Koson, Muborak, Yakkabog‘, Qamashi, Qarshi, Kasbi, Nishon, Chiroqchi, Shaxrisabz, Navoi viloyatining Xatirchi, Qiziltepa, Navbaxor, Karmana, Namangan viloyatining Mingbuloq, Norin, Uchqo‘rg‘on, Chust, Uychi, Pop, Namangan, Kosonsoy, Chortoq, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Oqdaryo, Ishtixon, Payariq, Narpay, Paxtachi, Surxondaryo viloyatining Denov, Qiziriq, Muzrobod, Sherobod, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqurg‘on, Termiz, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo, Boysun, Toshkent viloyatining Chinoz, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent, Quyichirchiq, Sirdaryo viloyatining Xovos, Oqoltin, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatining Dang‘ara, Qo‘shtepa, Yozyovon, Uchko‘prik, Oltiariq, Quva, Buvayda, Beshariq, Furqat, O‘zbekiston, Toshloq, Bog‘dod, Xorazm viloyatining Qo‘shqo‘pir, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Shovot, Yangibozor, Bog‘ot tumanlarida aniqlandi.

2019 yilda so‘ruvchi zararkunandalar shira-tripslarni deyarli barcha g‘o‘za maydonlarida rivojlanishi va tarqalishi kutilmoqda, shu jumladan 348,25 ming gektarda iqtisodiy zarar etkazish mezonidan yuqori sonda tarqalishi bashorat qilinmoqda.

2019 yilda bu zararkunandalarning ko‘payishi va tarqalishini oldini olish maqsadida, birinchi navbatda agrotexnik tadbirlar bilan bir qatorda dala atroflarida kimyoviy profilaktik ishlovlar, mineral o‘g‘itlar suspenziyasini 2-3 marta takroriy o‘tkazishga e’tibor berilsa samarasi yuqori bo‘ladi. Joylarda biologik kurash usulini keng qo‘llash, ya’ni oltinko‘z foydali xasharotini biolaboratoriyalarda etarli miqdorda ko‘paytirish va erta muddatlarda dala chetlari va g‘alla maydonlariga tarqatish muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.

G‘o‘za tunlami yoki ko‘sak qurti. G‘o‘zaning guli, shonasi va ko‘saklarni zararlaydi. O‘suv nuqtasiga bittadan tuxum qo‘yadi. Tuxumlari gumbazsimon. Xayoti davomida o‘rtacha 400 — 600 ta tuxum qo‘yadi. Qurtlarini tanasi och yashil, ko‘kish sarg‘ish rangdan tortib, qoramtir ranggacha bo‘ladi. Tanasining yonlari bo‘ylab to‘lqinsimon chiziqlar o‘tadi. O‘zbekistonning shimoliy tumanlarida 3-4 ta, janubiy tumanlarida esa 4-5 ta avlod beradi. Ko‘sak qurti kuzda qaysi o‘simliklarda oziqlangan bo‘lsa, uning g‘umbaklari shu o‘simlikka yaqin joydagi tuproqning 10-15 sm chuqurligida qishlovga ketadi.

G‘o‘za tunlamining kelgusi yilda ommaviy ko‘payishi diapauzaga ketgan g‘umbaklarni miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. G‘umbakning diapauzaga ketishi, qurtlarni turli ekinlarda oziqlanishi bog‘liq bo‘lib, birinchi yoshdagi qurtlarni o‘rtacha havo harorati 250S bo‘lgan makkajo‘xori sut pishishi yoki g‘o‘zada ko‘saklarni dastlabki ochilishi davrida oziqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda qurtlarni to‘liq rivojlanishi uchun foydali harorat yig‘indisi 300-3500S etarli hisoblanadi. Tuproqning 10-15 sm chuqurligida g‘umbak fazasida qishlovga ketadi.

Bahor oylarida 10 sm chuqurlikdagi tuproqning harorati o‘rtacha 16-170Sdan oshganda (o‘n kunlikdagi havoning o‘rtacha harorati 18-200S bo‘lganda) qishlovdan chiqqan kapalaklar uchadi va tuxum qo‘ya boshlaydi. Respublikada ko‘sak qurti 3-5 ta avlod beradi.

Bir avlod (tuxum, qurt, g‘umbak, kapalak)ning rivojlanishi uchun 110S dan yuqori bo‘lgan foydali haroratlar yig‘indisi 5500S bo‘lishi zarur.

O‘tgan yil may oyi davomida respublikamizning barcha viloyatlarida bu zararkunandaning birinchi avlodi qurtlarining rivojlanganligi va tarqalganligi hamda janubiy viloyatlarda oyning 1-o‘n kungilidan g‘umbakka aylanganligi va oyning 2-o‘n kunligidan esa g‘umbaklardan 1-avlod kapalaklarini uchib chiqqanligi kuzatildi.

Ko‘sak qurtining 2-avlodi yoki 1-“g‘o‘za” avlodining kapalaklarini ommaviy uchishi va tuxumdan erta chiqqan qurtlarni g‘o‘za shonalarini zararlashi Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida iyun oyining 1-o‘n kunligidan, Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida oyning 2-o‘n kunligidan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarining shimoliy tumanlarida iyunь oyining oxirgi o‘n kunligidan kuzatildi.

Iyulь oyining 1-o‘n kunligida respublikamizning janubida Surxondaryo viloyatida zararkunandaning 2-g‘o‘za avlodini rivojlanishi va tarqalishi sezilarli darajada bo‘lishi va g‘o‘za shonalariga zarar berishi kuzatildi, bu holat Farg‘ona vodiysi, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarning ayrim tumanlarida oyning 2-o‘n kunligida ro‘y berdi.

Avgust oyida respublikamizning janubiy hududi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida oyning 1-o‘n kunligidan ko‘sak qurtining 3-g‘o‘za avlod kapalaklarining uchishi, tuxum qo‘yishi va tuxumdan chiqqan qurtlarning zarar keltirishi Qoraqalpog‘iston Rsspublikasi, Xorazm, va Buxoro viloyatlarining shimoliy tumanlarida esa bu zararkunandaning ommaviy rivojlanishi va tarqalishi oyning 2-yarmidan, Jizzax, Samarkand, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent viloyatlarida esa oyning 2-3 o‘n kunligida kuzatildi.

2018 yil yil mavsumida Namangan viloyatining Mingbuloq, Uchqo‘rg‘on, Pop, Namangan, Norin, Chust, Uychi, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Farg‘ona viloyatining Quva, Dang‘ara, Yozyovon, Bog‘dod, Qo‘shtepa, Uchko‘prik, Oltiariq, O‘zbekiston, Beshariq, Buvayda, Oltiariq, Rishton, Toshloq, Furkat, Andijon viloyatining Ulug‘nor, Baliqchi, Shahrixon, Paxtaobod, Oltinko‘l, Bo‘z, Marxamat, Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Koson, Navoiy viloyatining Karmana, Qiziltepa, Xatirchi, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Ishtixon, Paxtachi, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Zarbdor, Mirzacho‘l, Paxtakor, Arnasoy, Sh.Rashidov, Zafarobod, Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent, Quyichirchiq, Chinoz, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Sayxunobod, Xovos, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatining Muzrabot, Denov, Sherobod, Sho‘rchi tumanlaridagi g‘o‘za maydonlarida zararkunandaning tarqalganligi aniqlandi. Sentyabrь oyining o‘rtalaridan qurtlarning asosiy qismini kishlovga tayyorgarlik ko‘rib, tuproqning 8-12 sm chuqurlikdagi katlamiga tushishi va keyinroq g‘umbakga aylanishi kuzatildi. Oktyabr oyining ham nisbatan iliq kelganligi sababli zararkunandaning qurtlarini rivojlanishini davom etganligi va qishlovga ketganligi joylarda aniqlandi.

Respublikada kuz oylari (sentyabr-oktyabr) ob-havosining ko‘sak qurtini rivojlanishi uchun qulay kelganligi va ularni ozuqaga to‘ygan holatda qishlovga ketishi uchun sharoit etarli bo‘lganligi, qishlovdan ko‘p sonda chiqishi, bu zararkunandani 2019 yil mavsumida ularni birmuncha ko‘p maydonlarga tarqalishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Joylarda o‘tkazilgan kuzgi kuzatuvlar natijalariga asosan, 2019 yil mavsumida ko‘sak qurtini deyarli barcha g‘o‘za maydonlarida tarqalishi kutilmokda, shu jumladap 342,69 ming gektar g‘o‘za maydonlarida iqtisodiy zarar etkazish mezonidan yuqori sonda rivojlanishi va tarqalishi bashorat qilinmoqda.

Keyingi yillarda g‘o‘za qator oralariga shudgor qilinmasdan boshoqli g‘alla ekinlarini katta maydonlarga ekilishi g‘o‘za zararkunandalarining asosiy qismini, shu jumladan ko‘sak qurtini ham bu erlarda ko‘plab miqdorda qishlab qolishiga sabab bo‘lmokda. Undan tashqari g‘alladan keyin kechki (oraliq) ekinlarining ekilishi ham joylarda ko‘sak qurtining ko‘plab zahirasini vujudga keltirmokda. Shu sababli, erta bahorda o‘tkaziladigan kuzatuv va nazorat ishlarini hamda bu zararkunandaga qarshi profilaktik biologik kurash tadbirlarini g‘o‘za qator orasiga g‘alla ekilgan maydonlardan boshlash zarur bo‘ladi.

Karadrina yoki g‘o‘za barg qurti. Bu zararkunanda 114 turdan o‘simliklarga, shu jumladan 70 turdan ortiq ekinlarga jiddiy zarar etkazishi ma’lum. Uning qurtlari g‘o‘za bilan bir qatorda beda, kanop, mosh, no‘xat va ko‘plab sabzavot ekinlarini kuchli darajada shikastlaydi. Uning 1ta avlodini rivojlanishi uchun 10°S dan yuqori haroratlar yig‘indisi 350° bo‘lishi kerak. Bir yilda 5-6 marta nasl beradi, har bir avlodi o‘rtacha 30-35 kunda to‘liq rivojlanib bo‘ladi. Karadrina ayrim yillar juda ko‘payib g‘o‘za va boshqa ekinlar jiddiy zarar keltiradi. Keyingi yillarda respublikada g‘o‘za va boshqa ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishda biologik usul keng ko‘lamda qo‘llanilayotganligi, tabiiy biofon muvozanatga kelganligi va boshqa omillar tufayli karadrinani katta maydonlarga tarqalish xollari kuzatilmayapti.

O‘rgimchakkana. G‘o‘zaning ashaddiy zararkunandasi bo‘lib, 248 tur o‘simlik bilan oziqlanadi. Shundan 37 turi qishloq xo‘jalik ekinlari. O‘rgimchakkana 160 tagacha tuxum qo‘yadi. O‘zbekistonda 16-18 tagacha avlod beradi. Shundan 10-14 avlodi g‘o‘zada rivojlanadi.

Havoning harorati 5-10°S bo‘lganda o‘rgimchakkanalarni qishlovdan chiqishi (kanalarni rivojlanishi uchun harorat 7,3 °S dan yuqori bo‘lishi zarur) kuzatilib, ularni tuxum qo‘yish uchun atrofdagi begona o‘tlarga tarqalishi boshlanadi. Kanalarni rivojlanish (tuxum, lichinka, nimfa deytonimfa (ikkinchi nimfa), imago) davri ko‘p jihatdan haroratga bog‘liq bo‘lib, aprel oyida 25-30 kun, mayda 15-20 kun, yozda 7-12 kun davom etadi va mavsumda 10-18 ta avlod beradi. Bir avlodning to‘liq rivojlanishi uchun foydali haroratlar yig‘indisi 200°S bo‘lishi zarur.

2018 yilda bu zararkunandani mart oyda, o‘rtacha sutkalik havo harorati +7,3° dan oshganda qishlovdan chiqib, begona o‘tlardan (tugmacha gul, sutlama va boshkalar) kabilarda rivojlanishi kuzatildi. Mart oyi oxirida havo haroratini ko‘tarilishi sababli o‘rgimchakkananing rivojlanishini boshlandi, aprelь oyida kunlarni isib ketishi natijasida dala chetlaridagi begona o‘tlarda tez rivojlandi va tarqaldi. Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida erta ekilgan sabzavot ekinlari va plyonka ostiga ekilgan g‘o‘za nihollariga o‘rgimchakkanani aprelь oyining oxirgi o‘n kunligidan o‘tishi va tarqalishi kurildi.

Iyunь oyida havo haroratining ko‘tarilishi bilan Respublikaning Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Sirdaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida o‘rgimchakkanani ko‘prok maydonlarda tarqalishi kuzatildi. Oy davomida o‘rgimchakkananing Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 5- va 7-avlodlarini Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa 4-6-avlodlarining rivojlanishi kuzatildi.

Iyunь va iyulь oylari o‘rgimchakkananing rivojlanishi uchun qulay keldi va 1 ta o‘simlikda o‘rtacha soni 150-270 donagacha uchradi, o‘rgimchakkanalarni g‘o‘zada, sabzavot ekinlari va begona o‘tlarda rivojlanishi va ko‘payishi davom etdi.

Iyulь oyida respublikaning janubiy viloyatlarida o‘rgimchakkananing 10-11-avlodi va qolgan viloyatlarda esa 8-9 avlodlarini rivojlanishi kuzatildi. Iyunь-iyulь oylarida bir avlod bilan keyingi avlod zararkunandalarining qo‘shilib rivojlanishi, bir vaqtning o‘zida tuxum, lichinka, nimfa va imago (voyaga etgan o‘rgimchakkana)ni bo‘lishi qarshi kurash ishlarini samarali o‘tkazishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Avgust oyida havo haroratining yuqori bo‘lganligi bu zararkunandaning rivojlanishiga va tarqalishiga qulay sharoit yaratdi.

2018 yilda mavsumida bu havfli zararkunandani Andijon viloyatining Ulug‘nor, Baliqchi, Shaxrixon, Oltinko‘l, Bo‘z, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Andijon, Marxamat, Paxtaobod, Buloqboshi, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Zarbdor, Mirzacho‘l, Paxtakor, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Kasbi, Koson, Nishon, Yakkabog‘, Qamashi, G‘uzor, Muborak, Navoiy viloyatining Qiziltepa, Navbahor, Xatirchi, Karmana, Namangan viloyatining Mingbuloq, Uchqo‘rg‘on, Pop, Norin, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, Payariq, Paxtachi, Narpay, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Sherobod, Angor, Oltinsoy, Uzun, Termiz, Denov, Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Guliston, Sirdaryo, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod, Sayxunobod, Toshkent viloyatining Quyichirchiq, Bo‘ka, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Piskent, Chinoz, O‘rtachirchiq, Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Quva, Yozyovon, Dang‘ara, Uchko‘prik, Bog‘dod, Qo‘shtepa, O‘zbekiston, Farg‘ona, Buvayda, Toshloq, Beshariq, Xorazm viloyatining Yangiariq, Gurlan, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Yangibozor, Shovot tumanlarida tarqalganligi aniqlandi va ayrim xo‘jaliklaridagi g‘o‘za paykallarida sezilarli darajada ko‘payganligi ko‘rildi.

Sentyabrь oyidan boshlab g‘o‘zada to‘qsariq, qizil rangli o‘rg‘ochi o‘rgimchakkanalar paydo bo‘la boshladi va bir qism o‘rgimchakkanalarni diapauzaga ketishi kuzatildi.

Oktyabrь oylarida ham havo harorati iliq kelganligi sababli o‘rgimchakkanalarni paxta dalalarida, yo‘l va ariq yoqalaridagi tuproq yoriqlarida yakka va to‘p-to‘p bo‘lib qishlovga ketganligi aniqlandi.

2019 yilda bu zararkunandani asosan o‘tgan yili kuchli darajada tarqalgan maydonlarda ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Kuzgi nazorat ishlari natijalari joylarda o‘rgimchakkanalarni juda ko‘p miqdorda qishlovga ketganligini ko‘rsatmokda. Shu sababli 2018 yil mavsumida respublika bo‘yicha o‘rgimchakkanani jami 435,57 ming gektar g‘o‘za maydonlarida iqtisodiy zarar etkazish mezonidan yuqori mikdorda rivojlanishi va tarqalishi bashorat qilinmokda.

Kandalalar. Yarim qattiq qanotlilar turkimiga mansub bu hashoratlar asosan beda, lavlagi, kanop, sho‘ra va boshqa turdagi o‘simliklarni so‘rib oziqlanadi. G‘o‘za paykallarida qandalalarning 20 turi qayd qilingan, ular orasida asosan dala, beda va g‘o‘za qandalasi shona va yosh ko‘saklarni so‘rib g‘o‘zaga katta zarar etkazadi. Mavsumda 3-4 marta nasl beradi. Qandalalar etuk qashorat holatida turli xil o‘simliklar qoldiqlari ostida qishlaydi.

2018 yil yil mavsumida dala va beda qandalasini Surxondaryo viloyatining Muzrobod, Qiziriq, Sherobod, Denov, Sho‘rchi, Angor, Jarqo‘rg‘on, Uzun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Termiz, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarining ayrim xo‘jaliklarida sezilarli darajada rivojlanishi va tarqalishi kuzatildi. 2019 yilda yuqoridagi viloyatlarda qishlovdan chiqadigan miqdoriga bog‘liq holda tarqalishi va zarar etkazishi kutilmokda.

2019 yilda qandalalarni 101,23 ming gektar g‘o‘za maydonlarida rivojlanishi va tarqalishi bashorat qilinmoqda.

G‘o‘zaning asosiy kasalliklari

Gommoz. Hamdo‘stlik davlatlarining paxtachilik xo‘jaliklarida qolaversa, respublikamizda g‘o‘zaning xamma navlarida uchraydigan eng xavfli kasallik hisoblanadi.

Gommoz tushgan ko‘saklarda to‘q yashil, yumaloq shakldagi moysimon dog‘lar paydo bo‘ladi. Ko‘sak chanog‘ining kasallangan joylari parchalanib buziladi va gommoz bakteriyalari paxta tolasiga o‘tadi.Bunday xollarda paxta tolasi och jigarrang tusga kiradi, ayrim tolalar elimsimon shira bilan bir-biriga yopishib qoladi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi bakteriyaning rivojlanishi va o‘simliklarning kasallantirishi uchun eng qulay xarorat 25-280S bo‘lib bundan ortiq xaroratlarda xayotchangligi pasayadi. Bakteriyalar sernam tuproqda yoki suvda 15-20 kunda nobud bo‘ladi. Quruq joylarda esa bir necha yilgacha yashash qobiliyatini yo‘qotmaydi. Kasallik asosan urug‘lik chigit bilan tarqaladi. Kasallik urug‘barglarga ichidan va tashqaridan kasallangan chigit orqali yuqishi mumkin.

Ildiz chirish. Bu kasallik soz tuproqli va er osti (sizot) suvlari yuza joylashgan erlarda chigit va g‘o‘za maysalariga katta zarar etkazadi. Kasallangan paxta dalasining yomg‘ir suvlari to‘planadigan pastlik joylaridagi maysalarga ko‘proq tushadi.

Erlarni sifatsiz haydalishi, er betini qatqaloq bosishi, chigitni haddan tashqari chuqur ekilishi bu kasallikning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Kasallikning tashqi belgilari — bu kasallikni tuproqda yashovchi bir nechta mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.

Ulardan asosiysi rizoktoniya solyani (Rhizoctonia solani) zamburug‘i bo‘lib, bunga qo‘shimcha ravishda fuzarium (Fusarium oxysporum Schr.f vasinfectum) va bir nechta bakteriyalar ham qatnashadi. Bu mikroorganizmlar ixtiyoriy parazit bo‘lib, g‘o‘za bo‘lmagan joylarda ham tuproqdagi chirindilar hisobiga soprofit holda yashayveradi. Ularning rivojlanishi uchun qulay xavo harorati 10-300S etarli hisoblanadi. Yomg‘irli kunlarda tuproqning harorati pasayib ketishi sababli mikroorganizmlar ko‘plab rivojlanadi, natijada yosh maysalar kasallanadi.

Hozirgi vaqtga kelib bu kasallikni uch xil ko‘rinishi bo‘lib, chigit ungungacha; chigit unib chiqishi va yosh nihollarni ildiz chirishidan iborat.

Fuzarioz (vilt) so‘lish kasalligi. Bu kasallik ingichka va o‘rta tolali g‘o‘zaning maysalik davridan boshlab o‘suv davrining oxirigacha davom etadi. Maysalar bu kasallik bilan zararlanganda ularning ko‘pchiligi qurib nobud bo‘ladi, g‘o‘zaning o‘suv davrida esa ko‘saklar kamayishi kuzatiladi.

Kasallikni g‘o‘zaning ingichka tolali navlarida fuzarium oksisporium zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallikning rivojlanishi uchun xarorat 18-270S va tuproq namligi 15-19 % bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham bu kasallik g‘o‘zaning butun o‘suv davrida rivojlanishi mumkin. Zamburug‘ soprofit xolida tuproqning 60 sm chuqurlikkacha bo‘lgan qatlamida uchraydi.

G‘o‘za maydonlarida begona o‘tlar. Begona o‘tlar dalalar atrofida, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida, bo‘sh partov erlarda, ariqlar va yo‘llar bo‘ylarida, uylarga yaqin va boshqa har xil joylarda o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, dunyoda ularning bir necha ming turi tarqalgan. Respublikaning sug‘oriladigan erlarida begona o‘tlarning 400 tadan ko‘prog‘i qayd etilgan bo‘lib, paxtazorlarda 74 tadan ko‘p turi uchraydi.

        Begona o‘tlar g‘o‘za maydonida, namlik, ozuqa moddalar va quyosh nuri uchun raqobat qiladi, sherik bo‘ladi, hosildorlikni kamaytiradi va natijada tola hosili va sifatini pasaytiradi, yig‘im-terimni qiyinlashtiradi. Transpiratsiya jarayoni juda faolligi sababli begona o‘tlar madaniy ekinlarga nisbatan 330-1900 marta ko‘proq suvni o‘zlashtirishi mumkin, tuproq namligini qochiradi yoki uni quritadi. Ozuqa moddalarni g‘o‘za va boshqa ekinlarga nisbatan ko‘p o‘zlashtiradi, ayniqsa azotni ko‘p miqdorda o‘zlashtiradi.

Keyingi yillarda begona o‘tlarni katta maydonlarda tarqalishi va ko‘payishi kuzatilmoqda, bu esa o‘z navbatida g‘o‘zaning hosildorligini bir muncha pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, ko‘p yillik begona o‘tlar ajriq, g‘umay, salomalaykum va qamish bosgan joylarda hosildorlikni keskin tushib ketishi kuzatiladi.

2019 yilda respublika bo‘yicha begona o‘tlarni 659,3 ming gektar g‘o‘za maydonlarida iqtisodiy zarar etkazish mezonidan ko‘p miqdorda tarqalishi kutilmoqda.